date

Xonanda Afruza ona bo‘ldi: o‘g‘il farzand dunyoga keldi

Xonanda Afruza ona bo‘ldi: o‘g‘il farzand dunyoga keldi

Mashhur o‘zbek xonandasi Afruza uchun 2025 yil 25 iyul sanasi unutilmas kun bo‘ldi. Shu kuni u ona bo‘lib, dunyoga o‘g‘il farzand keltirdi. Afruza ushbu shodon yangilikni o‘zining Instagram ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilib, bu baxtli lahzalar bilan o‘z muxlislarini ham xabardor qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu hayotidagi eng ulug‘ va sevimli voqealardan biri bo‘lgan. U quvonchini yashirmasdan, o‘zi uchun dunyodagi eng buyuk ne’mat — onalik baxti nasib etganidan juda xursand ekanini ma’lum qilgan. Shuningdek, obunachilaridan va yaqinlaridan o‘zi va chaqalog‘i uchun duo qilishlarini so‘ragan.

Afruzaning so‘nggi postlaridan ko‘rinib turibdiki, u bu yangi bosqichni hayotidagi mas’uliyatli va ilhomli davr sifatida qabul qilmoqda. U muxlislariga chin dildan minnatdorchilik bildirib, bu baxt barchaga nasib etishini tilagan.

Ushbu yangilik ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinmoqda. Ko‘plab hamkasblari, blogerlar va san’atkorlar Afruzani tabriklab, unga samimiy tilaklarini yo‘llashmoqda. Shu bilan birga, u ijtimoiy tarmoqdagi faoliyatini vaqtincha to‘xtatishini, asosiy diqqat-e’tiborini farzandiga qaratmoqchiligini bildirgan.

Muxlislar esa Afruzaning ona bo‘lganiga chin yurakdan xursand bo‘lib, u haqda iliq fikrlar yozmoqda. Afruza uchun bu yangi hayot sinafoniyasidagi ilk qadamdir va barchamiz uni duo bilan qo‘llab-quvvatlaymiz.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Xonanda Afruza ona bo‘ldi: o‘g‘il farzand dunyoga keldi