Netflix platformasida 2022-yilda namoyish etilgan va qisqa fursatda ingliz tilidagi eng mashhur serialga aylangan “Wednesday” yulduzi Jenna Ortega shon-shuhratning birdaniga kelishi haqida fikr bildirdi.
Orteganing aytishicha, loyiha ustida ishlagan vaqtida u bu darajada ommaviy bo‘lishini kutmagan: “Hech kim bunga tayyor bo‘lolmaydi. Bu odatiy hol bo‘lmasligi kerak. Juda minnatdorman, ammo bu juda og‘ir bo‘ldi”, – deydi aktrisa.
Ikkinchi mavsum: oila markazda
Tim Burton rejissyori bo‘lgan serialning navbatdagi, ya’ni ikkinchi mavsumi tez orada chiqishi rejalashtirilgan. Unda “Nevermore” akademiyasi yangi direktor boshqaruvida qayta ochiladi va Wednesday Addamsning ota-onasi — Mortisiya (Ketrin Zeta-Jons) va Gomes (Luis Guzmán) obrazlari markaziy syujetga yaqinlashtiriladi.
Netflix mazkur mavsumni “mustaqil bo‘lishni xohlaydigan yosh tergovchi uchun yangi, o‘ziga xos qiynoqlar davri” deb ta’rifladi. Jenna Ortega esa bu mavsumda ijodiy jamoaga ijrochi prodyuser sifatida ham qo‘shilganini bildirdi: “Bu men uchun katta tajriba maktabi bo‘ldi. Iloji boricha ko‘proq narsani o‘rganishga harakat qildim.”
Ketrin Zeta-Jons bu mavsumda roli kengaygani sababli o‘z obrazini chuqurroq ochib berish imkoniyatiga ega bo‘lganidan mamnunligini aytdi: “Birinchi mavsumda men faqat matriarx sifatida sahnaga chiqdim. Endi esa qizi va onasi o‘rtasidagi murakkab munosabatlar chuqurroq yoritiladi.”
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!