9-avgust sanasida Xiva shahrida bo‘lib o‘tadigan an’anaviy Qovun sayli nafaqat shirin poliz mahsulotlari, balki madaniy va ko‘ngilochar dasturlar bilan ham yodingizda qoladi. Bu yilgi bayram doirasida tashkil etiladigan katta konsert san’at ixlosmandlari uchun haqiqiy sovg‘a bo‘ladi. Tadbir Ichan-Qal’a yaqinidagi maydonda o‘rnatilgan sahnada o‘tadi va mehmonlarga yorqin onlar taqdim etadi.
Konsert kechasida dilga yaqin qo‘shiqlari bilan millionlab tinglovchilar qalbini zabt etgan Joni sahnaga chiqadi. Uning hissiyotga boy ijrosi va jonli chiqishdagi energiyasi muxlislarni musiqiy sayohatga olib kiradi. Shuningdek, zamonaviy ritmlar va eksklyuziv setlari bilan tanilgan DJ Dianella ham sahnada bo‘lib, tomoshabinlarni raqsga chorlaydi.
O‘zbekiston estradasi afsonalaridan biri — Tohir Sodiqov esa o‘zining mashhur xitlari va yangi asarlari bilan bayram kayfiyatini yanada oshiradi. Uning sahnadagi o‘ziga xos ovozi va samimiy chiqishi har bir tomoshabinga iliqlik bag‘ishlaydi.
Tadbir chog‘'ida milliy taomlar yarmarkasi, rang-barang yodgorliklar ko‘rgazmasi va turli ko‘ngilochar dasturlar tashkil etiladi. Mahalliy va xorijiy sayyohlar uchun Xivaning tarixiy manzaralari ostida o‘tadigan bu kecha unutilmas taassurot qoldiradi.
Xivada Jony, DJ Dianella va Tohir Sodiqov yulduzli konsert beradi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar