date

Hind kinosidagi eng yorqin yulduz Alia Bhatt hayoti haqida

Hind kinosidagi eng yorqin yulduz Alia Bhatt hayoti haqida

Aliya Bxatt 1993 yil 15 martda tug‘ilgan. U hind asli britan aktrisasi bo‘lib, asosan hind filmlarida ishtirok etadi. Murakkab sharoitlardagi ayollar obrazini ijro etishi bilan tanilgan Bxatt Milliy kino mukofoti va oltita Filmfare mukofotlari sohibasi.

U 2022 yilda Time100 Impact Award bilan taqdirlangan va 2024 yilda dunyodagi eng nufuzli 100 shaxs ro‘yxatiga kiritilgan. Mashhur Bhatt oilasiga mansub bo‘lib, otasi mashhur rejissyor Mahesh Bxatt, onasi esa aktrisa Soni Razdan.

Uning ilk chiqishi 1999 yildagi “Sangharsh” filmida bola roli bo‘lgan. 2012 yilda esa Karan Joxarning “Student of the Year” filmida yetakchi rol bilan katta ekranga qaytdi. Keyin “Highway” filmidagi ijrosi uchun Filmfare tanqidchilar mukofotini qo‘lga kiritdi.

Shu bilan birga, Bxatt ko‘pincha nepotizm tanqidiga duch kelgan. Karan Joxar uni ko‘p himoya qiladi va ko‘plab filmlariga taklif etadi, degan qarashlar bor. Joxar esa uni himoya qilib, “Aliyaga otalik mehrini his qilaman”, deb javob bergan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Hind kinosidagi eng yorqin yulduz Alia Bhatt hayoti haqida