date

Ozodbek Nazarbekov reklamada yana ko‘rinish berdi

Ozodbek Nazarbekov reklamada yana ko‘rinish berdi

Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov xususiy universitet reklama roligida qatnashib, yana jamoatchilik e’tiboriga tushdi.

Ushbu videorolik 4 iyul kuni universitetning rasmiy sahifasida e’lon qilindi. Rolikda Ozodbek Nazarbekov yoshlarga murojaat qilib, ushbu oliygohda tahsil olishni tavsiya etdi.

“Fursatdan foydalanib, barcha yoshlarimizga ushbu universitetda tahsil olishni tavsiya qilaman”, – degan vazir videoda. Bu chiqish ijtimoiy tarmoqlarda katta muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Ozodbek Nazarbekov bundan avval ham bir kiyim-kechak do‘koni reklamasida nomzodi bilan tilga tushgan edi. O‘sha holatda Raqobat qo‘mitasi do‘konni jarimaga tortgan, ammo vazir rasmiy ishtirok etmagan, deb baholangan.

O‘zbekiston Respublikasining “Reklama to‘g‘risida”gi qonunining 16-moddasiga ko‘ra, mahsulotni davlat organi yoki mansabdor shaxs tomonidan ma’qullanganday ko‘rsatish taqiqlanadi.

Qonunga muvofiq, davlat xizmatchilari reklama yuzasidan jamoatchilikda noto‘g‘ri tushuncha uyg‘otishi mumkin bo‘lgan harakatlardan tiyilishi shart. Bu talab barcha mansabdorlar uchun amal qiladi.

Hozircha mazkur chiqish yuzasidan rasmiy organlar tomonidan hech qanday bayonot berilmadi. Ammo vazirning reklamadagi ishtiroki yana qonun talablari bo‘yicha savollar uyg‘otmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Ozodbek Nazarbekov reklamada yana ko‘rinish berdi