So‘nggi kunlarda xonanda Dilnoz Hakimovaning turmush qurayotgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda turli taxminlar tarqalgan edi. Nihoyat, xonanda shaxsiy hayoti haqida o‘zi munosabat bildirdi.
Yoshini oshkora e’lon qilgan san’atkor burjini sunbula deya ta’kidlab, sentabr oyida yoshga to‘lishini aytdi. U o‘zini yaqinlari orasida “Di”, “Disha”, “Dilnoz”, ayrimlar esa “Jonik” deb chaqirishlarini yozib qoldirgan.
“Turmushga chiqqan emasman, demak hali farzandim ham yo‘q,” – degan edi u. Operaga ixtisoslashgan xonanda “Otajon” qo‘shig‘i bilan mashhur bo‘lganini, ammo muxlislar uni “Boraver”, “Haloli”, “Musofirgina onam”, “Mayli”, “Uyg‘onamiz” kabi ijrolari orqali taniyotganini bildirgan.
Hozirda “Dilxiroj” nomli yangi teledasturda boshlovchi sifatida ham faoliyat yuritayotgan Dilnoz raqsga tushish, sayohat qilish va mazali taomlar yeyishni sevadigan “quyosh qizi” ekanini yozgan.
U o‘z sahifasida faqat ijobiy energiya tarqatishini va barcha muxlislarini “Joniklarim” deb atashini ta’kidlagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!