Amirxon Umarov oila qurmoqda: boshlovchi quvonchli xabarni e’lon qildi! (video)

Amirxon Umarov oila qurmoqda: boshlovchi quvonchli xabarni e’lon qildi! (video)

“Makon” onlayn telekanali direktori va asoschisi, boshlovchi Amirxon Umarov oila qurmoqda. U ushbu quvonchli yangilikni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali muxlislari bilan bo‘lishdi.

Boshlovchi e’lon qilgan videoga hayotidagi yangi bosqich haqida samimiy izoh qoldirgan.

“Hayotda shunday kunlar bo‘ladiki, ularni so‘z bilan emas, yurak bilan his qilasan. Bugun ana shunday kunlardan biri.

Yangi sahifa, yangi mas’uliyat va yangi hayot sari qadam. Barchasi xayrli bo‘lsin!” — deb yozdi Amirxon Umarov.

Ushbu xabar ortidan boshlovchining yaqinlari, do‘stlari va kuzatuvchilari izohlarda samimiy tabriklarini yo‘llashmoqda. Ular Amirxonga oilaviy baxt, totuvlik va yangi hayot yo‘lida omad tilashmoqda.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar