Toshkentda teatr mavsumi ochilishi katta konsert bilan boshlandi

1 daqiqa o'qish1.3K
Toshkentda teatr mavsumi ochilishi katta konsert bilan boshlandi

Toshkent shahri — Markaziy Osiyoning yirik ilmiy, iqtisodiy va madaniy markazlaridan biri sifatida nafaqat zamonaviy infratuzilmasi va tarixiy obidalari, balki turli rang-barang madaniy tadbirlari bilan ham sayyohlar e’tiborini tortayotgan shahardir. Har yili poytaxtda turli ko‘rgazmalar, festivallar va konsertlar o‘tkaziladi, ular nafaqat mahalliy aholi, balki chet ellik mehmonlar uchun ham katta bayramga aylanadi.

2025 yil 6 sentyabr kuni poytaxt madaniy hayotida yana bir muhim sana sifatida tarixda qoladi. Shu kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Davlat akademik katta teatri oldidagi maydonda 96-teatr mavsumining ochilishiga bag‘ishlangan «Ad astra» («Yulduzlar sari») nomli ochiq osmon ostidagi konsert bo‘lib o‘tadi. Turizm qo‘mitasi axborot xizmatiga ko‘ra, ushbu tadbir nafaqat teatr ixlosmandlari, balki Toshkentga tashrif buyurgan sayyohlar uchun ham esda qolarli voqeaga aylanishi kutilmoqda.

Maxsus tayyorlangan simfonik orkestr bu kechada mashhur klassik asarlar va opera shedevrlari jonli ijro etadi. Musiqachilarning mahoratli chiqishi, ochiq havodagi o‘ziga xos muhit va nurli sahna jihozlari tomoshabinlarga haqiqiy madaniy bayram hissini ulashadi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?