date

O‘zbekistonda bir yilda 10,5 million kishi konsertga tashrif buyurgan

O‘zbekistonda bir yilda 10,5 million kishi konsertga tashrif buyurgan

Milliy statistika qo‘mitasi e’lon qilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2025 yil 1 yanvar holatiga mamlakat bo‘ylab 98 ta konsert tashkiloti faoliyat ko‘rsatgan.

2024 yil davomida konsertlarga jami 10,5 milliondan ortiq tomoshabin borgan.

Eng ko‘p konsert muxlislari qayd etilgan hududlar quyidagicha:

  • Toshkent shahri — 5 810,6 ming nafar;
  • Samarqand viloyati — 505,2 ming nafar;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 461,9 ming nafar;
  • Surxondaryo viloyati — 403,3 ming nafar;
  • Xorazm viloyati — 397,1 ming nafar.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » O‘zbekistonda bir yilda 10,5 million kishi konsertga tashrif buyurgan