Aktyor, rejissyor va xonanda Alisher Uzoqov o‘zining yangi “Oshiqman” deb nomlangan qo‘shig‘ini taqdim etdi, deb xabar qildi ijodiy jamoasi.
Qo‘shiq muallifi — Alem Choriyev bo‘lib, u matnni ham yozgan, hamda kompozitor sifatida ham ishlagan. Aranjirovka bo‘yicha ishlarni Abror Abdurazzoqov amalga oshirgan. Trek to‘liq Alisher Uzoqov prodakshnida tayyorlangan.
23 sentyabr kuni e’lon qilingan videoklip YouTube platformasida 70 mingdan ortiq marotaba ko‘rilgan. Qo‘shiqni barcha musiqa platformalari orqali tinglash mumkin.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar