2016 yilning 25 noyabr kuni aktrisa Shahzoda Matchonova turmush qurgani haqida xabar bergan edik. Umar va Shahzodaning to‘yi Toshkentdagi “Yakkasaroy” restoranida bo‘lib o‘tdi.
To‘y so‘ng, oradan ko‘p vaqt o‘tmay, Shahzoda Matchonovaning to‘yi bilan bog‘liq turli mish-mishlar tarqaldi. Gap so‘zlarga qaraganda, kuyovning asl ismi boshqa, bu to‘y shunchaki “ko‘rgazma” uchun tashkil etilgan. Birozdan so‘ng bu gaplarning hammasi barham topdi.
Aktrisa Shahzoda Matchonova ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifasiga doimiy ravishda shaxsiy hayoti va ijodi bilan bog‘liq suratlarni joylashtirib boradi. Biroq aktrisa shu vaqtgacha to‘yidagi suratlarni shaxsiy sahifasiga joylashtirmayotgan edi. Bu esa mish-mishlarning yanada alanga olishiga sabab bo‘ldi. Bu orada esa “Shahzoda turmush o‘rtog‘i bilan yashayaptimi?”, qabilidagi savollar paydo bo‘ldi. Matchonova esa bu savollarga javob bo‘lguvchi suratni ommaga e’lon qildi.
Kecha Matchonova turmush o‘rtog‘i bilan tushgan suratini joylashtirib, ijtimoiy tarmoqlardagi kuzatuvchilarini Yangi yil bilan tabrikladi, deb yozadi Qalampir.uz sayti. Surat to‘ydan olinmagan, aksincha, xorij safarida tushirilgani ko‘rinib turibdi. Unda Shahzoda turmush o‘rtog‘ining qo‘l telefoniga tikilib o‘tiribdi. Kuyov esa Shahzodaga befarq, u telefon o‘ynash bilan ovvora. Go‘yo ikkisi ham kimdir bu holatni suratga muhrlayotganini bilishmayapti.
To‘ydan so‘ng “bolalagan” gap-so‘zlardan charchagan Matchonova ushbu surat ostiga izoh qoldirish imkoniyatini cheklab qo‘ygan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi
Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling”
Yangihayot tumani sudyasi pora bilan qo‘lga tushgani rad etildi
Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz"
Xalqaro sud: Germaniya Isroilga harbiy yordamni to‘xtatishga majbur emas
G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori"
Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi