Xonanda Shahzoda o‘zining shaxsiy kiyim brendini yaratdi

Xonanda Shahzoda o‘zining shaxsiy kiyim brendini yaratdi

O‘zbekistonlik mashhur xonanda Shahzoda o‘zining “10787 by Shahzoda” nomli kiyim brendiga asos solganini e’lon qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu loyiha uzoq izlanish, ilhom va muhabbat mahsuli hisoblanadi.

“Bu brend — mening bir bo‘lagim”, deydi Shahzoda. U jamoasi bilan birga ideal matolar tanlanganini, har bir libosda soddalik va go‘zallik uyg‘unligini yaratishga harakat qilinganini ta’kidladi.

“10787 by Shahzoda” – bu ayollikni ifodalovchi, so‘zsiz uslub va tafsilotlarda yashiringan go‘zallik timsoli.

Xonanda Shahzoda o‘zining shaxsiy kiyim brendini yaratdi

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar