
“Evrovideniye — 2026” qo‘shiq tanlovi atrofida katta siyosiy kelishmovchilik yuzaga keldi. Reuters xabariga ko‘ra, Ispaniya, Niderlandiya, Irlandiya va Sloveniya tanlovda Isroilning qatnashishi tufayli musobaqani boykot qilishga qaror qilgan.
Jenevada bo‘lib o‘tgan Yevropa efir uzatuvchilar ittifoqi (EBU) bosh assambleyasida ushbu masala eng dolzarb mavzulardan biri bo‘ldi. Mazkur davlatlar Isroilning ishtirokiga alohida yashirin ovoz berish o‘tkazishni talab qildi va agar Isroilga ruxsat berilsa, tanlovda qatnashmasligini bildirgan.
Ammo vaziyat yanada murakkablashdi: tanlovning asosiy homiylaridan biri bo‘lmish Germaniya, aksincha, agar Isroilga qatnashishga taqiq qo‘yilsa, “Evrovideniye”da ishtirok etmasligini ma’lum qilgan. Bu esa Yevropa davlatlari orasida bir-biriga zid pozitsiyalarni yanada kuchaytirgan.
Kelishmovchilik sabab, EBU Isroil masalasida ovoz berishni rad etdi va shu tariqa qarorni keyinga qoldirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.