date

Netflix 72 mlrdlik ulkan kelishuvni amalga oshirmoqda

Netflix 72 mlrdlik ulkan kelishuvni amalga oshirmoqda

Netflix Warner Bros. Discovery kompaniyasini, shuningdek uning tarkibidagi HBO va HBO Max platformalarini 72 milliard dollarga egallayotganini ma’lum qildi. Bitimning umumiy qiymati 82,7 milliard dollar etib belgilangan.

Kutilayotgan muddat

Yirik kelishuv 2026 yilning uchinchi choragida rasman yakunlanishi rejalashtirilgan.

Netflix kutubxonasi kengayadi

Mazkur xariddan so‘ng platforma kontentlar ro‘yxati yanada boyiydi. Unda “Taxtlar o‘yini”, “DC olami”, “Garri Potter”, “Sopranolar oilasi”, “Katta portlash nazariyasi” kabi mashhur franshizalar paydo bo‘ladi.

Rahbariyat fikri

Netflix rahbarlari bunday qo‘shilish tomoshabinlar sonining keskin ortishiga xizmat qilishini, shuningdek, kompaniya biznesining barqarorligiga katta turtki berishini ta’kidlamoqda.

Regulyatorlar nazorati ostida

Bitim AQSh va Yevropa antimonopoliya idoralari tomonidan batafsil o‘rganilishi kutilmoqda. Yirik media kompaniyalarning birlashuvi bozor raqobatiga qanday ta’sir ko‘rsatishi alohida muhokama qilinadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Netflix 72 mlrdlik ulkan kelishuvni amalga oshirmoqda