Rossiya estradasining yuduzi Filipp Kirkorovning “Sen super” xalqaro bolalar tanlovida vorisi topildi. NTV telekompaniyasi va Sputnik agentligi tashkil etgan ushbu ko‘rik tanlovda Qozondan kelib ishtirok etgan Deniel Chijevskiy hammani hayratda qoldirdi, deb yozadi Qalampir.uz sayti.
Gap shundaki, u tanlovda ishtirok etish uchun Filippning qo‘shig‘ini tayyorlab kelgan edi. Grimxonadan chiqqan “kichkina Kirkorov” ijroni ham qoyil qildi. “Artist narsist ham bo‘lishi kerak. Kim ham o‘zini sevmaganni seva oladi?", izoh bildirdi mashhur qo‘shiqchi.
Bu voqeadan so‘ng, ular ikkisi sahnada turib, Kirkorovning repertuaridagi xit qo‘shiqlardan birini kuylashdi. Ushbu ko‘rsatuv lavhasi 18 fevral kuni NTV kanali orqali namoyish etiladi.
Ma’lumot uchun, tanlov ishtirokchilari 7 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan, mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari, asrab olingan bolalar va internat o‘quvchilaridan iborat. Rossiya, Abxaziya, Ozarbayjon, Armaniston, Belorussiya, Gruziya, Qirg‘iziston, Moldaviya, Ukraina, Estoniya va Janubiy Osetiyadan bor yo‘g‘i 92 ta iqtidorlar tanlab olindi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
"Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi!
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi