date

Katrina Kaif va Viki Kaushal hayotida yangi sahifa: farzandli bo‘lishdi

Katrina Kaif va Viki Kaushal hayotida yangi sahifa: farzandli bo‘lishdi

Hind kinosining mashhur juftligi — Katrina Kaif va Viki Kaushal ota-ona bo‘lganini muxlislari bilan bo‘lishdi. San’atkorlar yangi tug‘ilgan o‘g‘illariga Vihan deb ism qo‘yishganini rasman e’lon qildi.

Aktrisa Katrina Kaif ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida o‘g‘lining mitti qo‘li tasvirlangan juda samimiy suratni joylab, unga ta’sirli izoh yozdi. “Duolarimiz ijobat bo‘ldi, hayotimiz farzandimiz bilan yanada go‘zal”, — deya yozdi u.

Mazkur xabar qisqa fursatda millionlab muxlislarning e’tiborini tortdi. Ijtimoiy tarmoqlarda juftlikni tabriklab, ularga baxt, sog‘lik va farzand tarbiyasida omad tilagan izohlar soni keskin oshdi. Ko‘plab muxlislar Vihan ismining ma’nosi va chiroyli jarangini alohida ta’kidlashdi.

Katrina Kaif va Viki Kaushalning oilaviy baxti haqidagi ushbu yangilik hind kinosi ixlosmandlari uchun yilning eng quvonchli voqealaridan biri sifatida baholanmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Katrina Kaif va Viki Kaushal hayotida yangi sahifa: farzandli bo‘lishdi