Ruxshona ko‘ziga yosh olib otasiga murojaat qildi: samimiy e’tirof (video)

Xonanda Ruxshona “Mehmonda” ko‘rsatuvi boshlovchisi Indira bilan bo‘lgan suhbat chog‘ida ko‘z yoshlarini tiya olmadi. Intervyu davomida u yurakdan chiqqan, samimiy so‘zlar bilan otasiga murojaat qildi.
Ruxshona shunday dedi:
“Men otamning tinch oilasini buzishni xohlamayman. U yerda tinch, baxtli va yaxshi yashashyaptimi — shu menga yetadi. Men borib birovning oilasiga sovuqchilik tushirib qo‘yishim mumkin, shuning uchun ularni bezovta qilgim kelmaydi. Men hech qachon otamni yomonlamaganman. Hatto yomonlik ko‘rgan bo‘lsam ham, hech qayerda, hech kimga ular haqida yomon gapirmaganman.”
Xonanda so‘zini davom ettirar ekan, barchasini aytib, vaziyatni tushuntirib bo‘lganini ta’kidladi. Shundan so‘ng u yana shunday dedi:
“Bilaman, otam albatta bu ko‘rsatuvni ko‘radilar. Buni ko‘nglim sezmoqda. Faqat shuni istaymanki, 'onash qizim baxtli bo‘lsin, hayoti chiroyli bo‘lsin', deb duo qilib qo‘ysalar — shu yetadi. Axir otaning duosi ham muhim. Pinhona duo qilsalar bo‘ldi.”
Shu so‘zlar bilan Ruxshona ko‘ziga yosh oldi va intervyuni hayajonli holatda yakunladi.