Sevinch Ismoilovadan kutilgan premyera: “Sotding kimlara”

O‘zbek estradasining mashhur va sevimli ijodkorlaridan biri — Sevinch Ismoilova — navbatdagi ijodiy yangiligini muxlislariga taqdim etdi. Xonandaning “Sotding kimlara” deb nomlangan yangi qo‘shig‘i va unga ishlangan klip 17 yanvar kuni soat 19:00 da YouTube platformasida rasman e’lon qilindi.
Premera arafasida Sevinch Ismoilova ijtimoiy tarmoqlarda muxlislariga murojaat qilib, yangi ishiga bo‘lgan umid va ishonchini yashirmadi. “Bugunning o‘zida siz uchun ko‘p kutilgan premeram. Sevimlilarim, sizga yoqadi va siz ham meni doimgidek qo‘llaysiz degan umiddaman”, — deb yozdi xonanda.
“Sotding kimlara” qo‘shig‘i mazmunan qalb dardi, ishonch va his-tuyg‘ular mavzusini yoritishi bilan ajralib turadi. Klipda ham qo‘shiq ruhiga mos emotsional lavhalar aks etgan bo‘lib, ijodkorning yangi qiyofasi va uslubi muxlislar e’tiborini tortmoqda.