Aktrisa Vazira Yunusova ayollarga murojaat bilan chiqdi

Aktrisa Vazira Yunusova ayollarga murojaat qilib, birovning qizini yomonlamaslikka chaqirdi. Uning aytishicha, kelin bo‘lib tushadigan qiz haqida gap ketganda, bilmagan narsaga aralashish yoki asossiz yomonlash to‘g‘ri emas. “Ayollarga iltimos qilgan bo‘lardim: birovning qizini yomonlamang”, deydi aktrisa.
Vazira Yunusovaning ta’kidlashicha, agar kimdir bir xonadon haqida so‘rasa, u holda “bilmayman” deb qo‘ya qolish ham madaniyat. Agar o‘sha oila yoki qiz haqida yaxshi bilishsa, aksincha, maqtash kerakligini aytadi. Aktrisa bunday gap-so‘zlarning oqibati baribir oila va farzandlar tarbiyasiga ta’sir qilishini eslatib, “Nega yomonlaysiz, bu sizning nevaralaringizdan qaytadi”, degan fikrni bildiradi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, har bir nikoh va taqdirda hikmat bor. “Nima bo‘lgan taqdirda ham Alloh ularni juftlashtirmoqchi. Yomonlikka erishib nima qilasiz?” deya Vazira Yunusova ayollarni mehribonroq, insofliroq bo‘lishga undaydi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!