10 145
Hoyu havaslarga berilib onalik baxtini unutib qo‘ygan ayollar haqida spektakl yaratildi
Shifoxona palatasida farzand ko‘rish arafasidagi ayollar o‘zaro suhbatlashmoqda. Lola o‘g‘il ko‘rsa, turmush o‘rtog‘i mashina sovg‘a qilishidan jo‘shib so‘zlamoqda. Zuhra umr yo‘ldoshi nojo‘ya yo‘llarga yurib ketganidan noliydi. Hafiza pul topib, aql topmagan “xo‘jayin”ining qilmishlaridan dog‘da. Hali kollejni bitirmasdan turmush qurgan Orzigul necha yildirki, tirnoqqa zor...
Kecha, 28 fevral kuni O‘zbek davlat drama teatrida “Atirgullar qismati” deb nomlangan yangi spektaklning premerasi bo‘lib o‘tdi, deb yozadi Qalampir.uz sayti.
Qo‘chqor Norqobilov va Xosiyat Rustamova qalamiga mansub ushbu sahna asari ayollar uchun eng oliy baxt – fayzli oilaga beka, komil farzandlarga ona bo‘lish ekani haqida hikoya qilishi bilan tomoshabinlarda katta taassurot qoldiradi. Lirik drama janridagi ushbu spektakl har qanday sharoitda ham ishonch va umid inson uchun qo‘shqanot ekani, aynan shu tuyg‘ular sababli odamzod taqdirning turli sinov va zarbalariga bardosh berishini tomoshabinlarga eslatishi bilan e’tiborga molikdir.
“Ayrim ayollar hayotda uchrab turuvchi ba’zi qiyinchiliklarga chalg‘ib, eng buyuk baxt – onalik baxti ekanini unutib qo‘yadi. Spektakl onalik dunyoning barcha hoyu havaslaridan ustun, mehr va muhabbat, baxt va oila inson uchun eng oliy va muqaddas tushunchalar ekanini aks ettiradi”, deydi spektakl rejissyori G‘afur Mardonov.
Sahnalashtiruvchi rassom Ilhom Rustamov tomonidan yaratilgan dekorasiya va bezaklar spektaklning ta’sirchan va hayotiyligini ta’minlagan. Asosiy rollarni O‘zbekiston xalq artisti Aziza Begmatova, artistlar Muhabbat Abdullaeva, Tamara Mirmaqsudova, Nafisa Toshmatova, Izrohat Murodova, Yulduz Haydarova, Shahlo Hojieva ijro etmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film