Samandar Hamroqulov rafiqasining ishonchini qanday qozongan?

Taniqli aktyor va xonanda Samandar Hamroqulov rafiqasi bilan munosabati haqida ochiq so‘zlab, muhabbat va ishonch haqida fikrlarini bildirdi. Uning aytishicha, turmush o‘rtog‘i avvallari juda rashkchi bo‘lgan, ammo vaqt o‘tishi bilan bu his tugal bo‘lgan.
"Rafiqam juda rashk qilardi, meni yaxshi ko‘radi, biroq o‘ziga yarasha rashk ham qilardi. Hozir esa ishonadi, chunki oramizda shunday ilohiy ishonch borki, Allohga shukr. Agar 10 yilga ketsam ham, qalbi xotirjam, men xiyonat qilmasligimga ishonadi", — deydi Samandar.
Unga ko‘ra, turmush qurishidan oldin ham u duo qilgan: “Shunday rafiqani bersinki, umrim oxirigacha bir ayol bilan yashay, hech qachon nafsimga ergashib xato qilmay”. Samandar xotinning o‘rnini ham alohida e’tirof etadi: “Erkakka yaxshi xotin uchrasa — bu uning baxti, bu uning barakasi”, — deydi u.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!