Zayn Malik “Konnakol” albomi bilan musiqaga qaytmoqda

Zayn Malik – sobiq One Direction guruhining a’zosi va hozirgi yakkaxon ijodkor — muxlislarini yangi "Konnakol" nomli beshinchi studiyaviy albomi bilan xursand qilmoqda. Albom 2026 yil 17 aprel kuni rasman taqdim etiladi.
Yangi albomning yetakchi treki — “Die for Me” esa 6 fevral kuni reliz qilinib, qisqa vaqt ichida musiqasevarlar orasida mashhurlikka erishdi.
Zayn bu albomni “eng shaxsiy loyiham” deb atagan. Unga ko‘ra, “Konnakol” albomi Janubiy Osiyo madaniyati va uning merosi bilan bevosita bog‘liq. Albom muqovasida esa qor qoploni tasvirlangan — bu ham mintaqaning muhim timsollaridan biridir.
Zayn albomdagi bir nechta yangi qo‘shiqlarni Las-Vegasdagi maxsus rezident shousida ilk marta ijro etdi. Muxlislar shouda maxsus audio budkalarda albomdan qismlar tinglash imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
Albom chiqarilishi oldidan, Malik o‘zining musiqiy yo‘nalishida yangi burilish yasayotgani, milliy ildizlarga murojaat qilganini bildirgan. U nafaqat musiqasi, balki albom konsepsiyasi orqali ham meros, madaniyat va shaxsiy o‘sish g‘oyalarini ifodalamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!