date

G'aybulla Tursunov bir qiynalgan oilaning kreditini to'liq qoplab berdi

G'aybulla Tursunov bir qiynalgan oilaning kreditini to'liq qoplab berdi

Mashhur xonanda G‘aybulla Tursunov o‘zining saxiyligi bilan yana bir bor e’tiborni qozondi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda uning Andijon viloyatida yashovchi bir oilaning kreditini to‘liq to‘lab bergani aks etgan.

Mazkur holat Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov tomonidan ham tasdiqlandi. Vazirning aytishicha, bu xayrli ish san’atkor tashabbusi bilan amalga oshirilgan.

Xonandaning bu harakati ko‘plab ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan olqish bilan kutib olindi. Ayniqsa, bugungi kunda og‘ir ijtimoiy holatda yashayotgan oila uchun bu juda katta yordam bo‘ldi.

G‘aybulla Tursunov nafaqat o‘zining ijodi, balki insoniy fazilatlari bilan ham muxlislar qalbidan joy olganini yana bir bor isbotladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » G'aybulla Tursunov bir qiynalgan oilaning kreditini to'liq qoplab berdi