G‘aybulla Tursunov Prezident hazilidan keyingi holatini aytdi: «Gapiradigan gaplarimni ham unutdim» (video)

G‘aybulla Tursunov Prezident hazilidan keyingi holatini aytdi: «Gapiradigan gaplarimni ham unutdim» (video)

Xonanda G‘aybulla Tursunov uchun O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi arafasidagi kunlar unutilmas voqealarga boy bo‘ldi. San’atkor yuksak davlat mukofoti — «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlandi.

Tantanali marosimdan so‘ng xonandadan Prezident Shavkat Mirziyoyevning «Quralayni ham taniyman» degan hazilidan keyin qanday hislarni boshdan kechirgani so‘raldi.

G‘aybulla Tursunov bu so‘zlar unga katta taassurot qoldirganini ta’kidladi.

«Juda ham hayajonlanib ketdim. Prezidentimiz shu qo‘shig‘imni bilganlari uchun juda katta hayajon bosdi. Hatto gapiradigan gaplarimni ham unutib qo‘ydim», — dedi xonanda.

San’atkor davlat rahbari tomonidan mehnati va ijodiga berilgan yuksak bahodan xursand ekanini ham bildirdi.

«Men juda ham xursandman. Davlat rahbarimiz bizlarga, mehnatimiz va xizmatlarimizga shunday katta mukofot berganlaridan juda mamnunman va minnatdorman», — dedi G‘aybulla Tursunov.

Ijtimoiy tarmoqlardagi izohlarda ham kuzatuvchilar xonandani «Do‘stlik» ordeni bilan tabriklab, unga ijodiy faoliyatida yanada katta muvaffaqiyatlar tilamoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar