date

Dilnoz Hakimovadan "Yolg'izim" nomli umr yo‘ldoshiga bag'ishlangan qo'shiq!

Dilnoz Hakimovadan "Yolg'izim" nomli umr yo‘ldoshiga bag'ishlangan qo'shiq!

Xonanda Dilnoz Hakimova muxlislariga yangi tarona — “Yolg‘izim”ni taqdim etdi. San’atkor qo‘shiq chiqishi bilan ijtimoiy tarmoqlarda samimiy izoh qoldirib, bu asar uning yuragidan chiqqan eng shaxsiy qo‘shiq ekanini ta’kidladi. Yangi tarona qisqa vaqt ichida kuzatuvchilar e’tiborini tortib, izohlarda iliq fikrlar ko‘paydi.

Dilnozning yozishicha, “Yolg‘izim”ni u aziz umr yo‘ldoshiga bag‘ishlagan. Qo‘shiq ularning muhabbati, birga bosib o‘tayotgan yo‘li va barpo bo‘lgan go‘zal oilasi haqida. Xonanda bu taronada o‘z tuyg‘ularini yashirmaganini, ichidagi eng nozik kechinmalarni tinglovchiga yaqinroq qilib yetkazmoqchi bo‘lganini bildirib o‘tgan.

San’atkor aynan Sevishganlar kuni munosabati bilan muhabbatining eng go‘zal lahzalarini mujassam etgan qo‘shiqni muxlislari bilan bo‘lishayotganini aytdi. “Sevgi qalbimizda abadiy bo‘lsin” degan tilak hamda “Yaxshiyam borsiz…” degan mehrli so‘zlar esa bu tarona ortida juda iliq, juda shaxsiy hikoya borligini yana bir bor sezdirib turibdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Dilnoz Hakimovadan "Yolg'izim" nomli umr yo‘ldoshiga bag'ishlangan qo'shiq!