Yulduz Turdiyeva olgan “O‘zbekiston xalq artisti” unvonini ota-onasiga topshirdi (video)

Yulduz Turdiyeva olgan “O‘zbekiston xalq artisti” unvonini ota-onasiga topshirdi (video)

“O‘zbekiston xalq artisti” faxriy unvoni bilan taqdirlangan xonanda Yulduz Turdiyeva Mustaqillik bayramini ota-onasi davrasida nishonladi. 1 sentyabr kuni xonanda ularni bayram bilan tabriklash uchun Buxoro viloyatiga bordi.

Xonanda ushbu unvonni ota-onasi bilan baham ko‘rdi. U o‘zi uchun katta sharaf bo‘lgan “O‘zbekiston xalq artisti” unvonini ota-onasiga ko‘rsatib, onasining ko‘kragiga taqdi. Mazkur samimiy lahzalar aks etgan videoni Yulduz Turdiyeva o‘z sahifasida e’lon qildi.

Videoda xonanda ushbu mukofot ortida ota-onasi, ustozlari va muxlislarining duolari turganini ta’kidladi. U yaqinlari, muxlislari hamda O‘zbekiston Prezidentiga o‘z minnatdorligini bildirdi.

Shuningdek, Yulduz Turdiyeva Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan Buxoro viloyati hokimligi tomonidan otasiga ko‘krak nishoni ham topshirilganini ma’lum qildi. Xonanda mazkur nishonni otasining ko‘ksiga taqib qo‘ydi.

Videoda xonandaning otasi ham Buxoro viloyati hokimi Botir Komilovichga minnatdorlik bildirib, bundan buyon ham xalqimiz va yurtimizga sadoqat bilan xizmat qilishini ta’kidladi. U barchani Mustaqillik bayrami bilan muborakbod etdi.

Xonandaning kuzatuvchilari ham izohlarda Yulduz Turdiyevani “O‘zbekiston xalq artisti” unvoni bilan tabriklab, uning ijodiga yangi muvaffaqiyatlar tilashdi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar