date

Ruxshona “Vatanga sodiq inson” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

Ruxshona “Vatanga sodiq inson” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

Xonanda Ruxshona Instagram sahifasida “Vatanga sodiq inson” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangani haqidagi suratni e’lon qildi.

U post ostida quyidagilarni yozib qoldirdi:

“Alhamdulillah, 16 yildan ortiq vaqtdan beri shu yurtda ijod qilib kelaman va aynan bugun «Vatanga sodiq inson» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandim. Shu 16 yil davomida «O‘zbekiston belgisi» ko‘krak nishoni hamda Milliy gvardiya tomonidan taqdim etilgan «Ma’naviyat a’lochisi» nishoniga sazovor bo‘lgan edim. Endi esa ularning soni uchtaga yetdi. Xudo xohlasa, endi «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist» unvoni ham nasib etsin”, — deb yozdi xonanda.

Ushbu quvonchli yangilik san’atkorning muxlislari, do‘stlari va yaqinlarini xursand qildi. Izohlarda ko‘plab obunachilar uni tabriklab, kelgusi ijodiy faoliyatiga omad tilashdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Ruxshona “Vatanga sodiq inson” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi