Nega xonanda Ravshan Komilov kostyumini hech kimga kiydirmaydi?

Xonanda Ravshan Komilov intervyulardan birida Italiyadan xarid qilgan qimmat kostyumi haqida so‘zlab berdi. Uning aytishicha, bu kostyum “Oq bilagoyim Toshkentlik” qo‘shig‘i klipida unda ko‘rish mumkin bo‘lgan liboslardandir.
San’atkorning ta’kidlashicha, kostyumni u chet el safarida olgan va narxi ancha baland bo‘lgan. “Italiyanskiy kostyum edi. Juda qimmatga olganman, 1 yevro ham tushmagan”, deya aytadi u.
Xonandaning aytishicha, klip efirga chiqqach, ko‘plab san’atkorlar kostyumni ijaraga so‘rab murojaat qilgan. Biroq u bu takliflarga rozi bo‘lmagan. “Bitta-ku ham qimmat. Men ijaraga bermaganman”, dedi Ravshan Komilov.
Uning ta’kidlashicha, bunday holatlar hayotida ko‘p bo‘lgan. Hatto bir tadbir oldidan ham kostyumini so‘rashganida u avval o‘zi sahnaga chiqib olishini aytgan. Chunki boshqa birov uning libosida birinchi bo‘lib chiqsa, keyin u o‘zi kiysa, odamlar turlicha o‘ylashi mumkinligini bildirgan.
“Avval men chiqib olay sahnaga, keyin deganman. Gap shunda: u birinchi mening kostyumimni kiyib chiqsa, keyin men kiysam odamlar nima deb o‘ylashadi?” deya izoh berdi xonanda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!