Xonanda G'aybulla Tursunovdan "Kelmadi" nomli yana bir xit qo'shiq!

Xit qo‘shiqlari bilan tanilgan xonanda G‘aybulla Tursunov "Kelmadi" nomli yangi taronasi va unga ishlangan videoklipni muxlislariga taqdim qildi. Ayriliq mavzusidagi ushbu qo‘shiq san’atkorning navbatdagi ijodiy ishi sifatida e’lon qilindi.
Musiqa va qo‘shiq matni muallifi Alem Choriyev bo‘lib, videoklipni suratga olish ishlariga rejissyor Shohrux Mamatjonov rahbarlik qilgan. Ijodiy jamoa taronaning mazmuniga mos ravishda ta’sirli videolavha yaratishga harakat qilgan.
G‘aybulla Tursunov yangi qo‘shiq premerasi haqida ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali xabar berdi. U muxlislariga murojaat qilib, "Assalomu alaykum, aziz muxlislarim! Sizlar uchun yangi “Kelmadi” deb nomlangan qo‘shig‘imni taqdim qilmoqdaman", deya yozib qoldirgan.
Yangi tarona qisqa vaqt ichida tinglovchilar orasida qiziqish uyg‘otishi kutilmoqda. San’atkorning muxlislari esa navbatdagi ijodiy ishni iliq qarshi olmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!