date

Munisa Rizayeva uzoq kutgan "Arzimaysan" nomli yangi klipini premyera qildi!

Munisa Rizayeva uzoq kutgan "Arzimaysan" nomli yangi klipini premyera qildi!

Xonanda Munisa Rizayeva o‘z muxlislariga yana bir yangi ijodiy yangilikni taqdim etdi. U ijtimoiy tarmoqlarda uzoq kutilgan "Arzimaysan" nomli qo‘shig‘iga ishlangan videoklip premyerasi bo‘lganini e’lon qildi.

San’atkor klip haqidagi xabarni o‘z sahifasida joylab, muxlislarini yangi ijod mahsulini tomosha qilishga chaqirdi. "Tayyormisiz? Uzoq kutilgan yangiligim — “Arzimaysan” videoklipi. Kirib baho bering, to‘liq talqin YouTube’da", deya yozgan xonanda.

Ma’lum bo‘lishicha, videoklip YouTube platformasida e’lon qilingan va muxlislar uni shu yerda tomosha qilishi mumkin. Qo‘shiq mazmuni va klip syujeti hayotda uchraydigan voqealarga bag‘ishlangani aytilmoqda.

Muhlislar esa yangi klipni qiziqish bilan qabul qilib, ijtimoiy tarmoqlarda turli fikrlar bildirmoqda. Ayrimlar klipdagi voqealar ko‘plab ayollar hayotiga yaqin bo‘lishi mumkinligini ta’kidlamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Munisa Rizayeva uzoq kutgan "Arzimaysan" nomli yangi klipini premyera qildi!