date

Khusnorik va Shokirdan “Yolg‘iz ona” nomli qalblarni yig'latadigan duet!

Khusnorik va Shokirdan “Yolg‘iz ona” nomli qalblarni yig'latadigan duet!

Bloger va xonanda Khusnorik repper Shokir bilan birgalikda yangi duet qo‘shiqni taqdim etdi. “Yolg‘iz ona” deb nomlangan mazkur tarona ijtimoiy mazmunga ega bo‘lib, farzandlarini yolg‘iz tarbiyalayotgan onalar hayoti haqida hikoya qiladi.

Qo‘shiqda turli qiyinchiliklarga qaramay farzandlarini katta qilayotgan ayollarning matonati va sabri aks ettirilgan. Tarona orqali ular duch keladigan muammolar, hayot sinovlari va ichki kechinmalari ta’sirli tarzda ifoda etilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, qo‘shiq matni Shahboz Nosirjanov tomonidan yozilgan bo‘lsa, musiqasi Asadbek Xudayberganovga tegishli. Ushbu ijodiy hamkorlik natijasida yuzaga kelgan tarona tinglovchilarga yana bir yangi musiqiy loyiha sifatida taqdim etildi.

Trek uchun ishlangan videoklip esa rejissyor Baxtiyor Safarov tomonidan suratga olingan. Klipda bir nechta ayol va bolalarning taqdiri, ular boshdan kechirayotgan hayotiy sinovlar hamda yolg‘iz onalarning hayot uchun kurashi badiiy tarzda namoyon etilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Khusnorik va Shokirdan “Yolg‘iz ona” nomli qalblarni yig'latadigan duet!