Ali Otajonov kim bilan duet kuylashni orzu qilishini oshkor etdi (video)

Taniqli xonanda Ali Otajonov "Oqshom Shou" ko‘rsatuvida ishtirok etib, o‘zining eng katta ijodiy orzularidan biri haqida samimiy so‘zlab berdi. San’atkorning aytishicha, u O‘zbekiston va Ozarbayjon xalq artisti Nasiba Abdullayeva bilan duet kuylashni uzoq yillardan beri niyat qilib keladi.
Suhbat davomida Ali Otajonov bolaligidan o‘zbek san’atkorlarini katta hurmat bilan kuzatib kelganini, ammo ular orasida Nasiba Abdullayevaning o‘rni alohida ekanini ta’kidladi.
— "Duet kuylash borasida bitta katta orzum bor. Yoshligimdan o‘zbek san’atkorlarini yaxshi ko‘rib ulg‘ayganman. Ammo ular orasida men uchun alohida o‘ringa ega, qadrli inson — O‘zbekiston va Ozarbayjon xalq artisti Nasiba Abdullayeva. Menimcha, u kishining mendek muxlisi kam bo‘lsa kerak. Juda hurmat qilaman. Hatto ayrim qo‘shiqlarini o‘zlaridan ruxsat olib ijro etganman. Kelajakda ustoz bilan birgalikda duet kuylash niyatim bor," — dedi xonanda.
Shundan so‘ng boshlovchilardan biri:
— "Bu niyatingizni Nasiba Abdullayevaga aytganmisiz? U kishining bundan xabarlari bormi?" — deya savol berdi.
Ali Otajonov esa hozirgacha bu haqda bevosita gapirishga jur’at topa olmaganini tan oldi.
— "Yo‘q, hali bu haqda aytmaganman. Jur’atim yetmagan. Lekin tez-tez suhbatlashib turamiz. Xonadonlariga ham ko‘p borganman. Hatto to‘yimni ham Nasiba Abdullayevaning o‘zlari olib borganlar. Ayniqsa, u kishining "Sog‘inch" qo‘shig‘iga oshuftaman. Menimcha, bu asar shunchalik mukammal yaratilganki, bunday qo‘shiqni har qanday bastakor ham yarata olmaydi," — deya qo‘shimcha qildi.






























Izohlar 0
…