Doston Ergashevga ukasi yangi avtomobil sovg‘a qildi

Xonanda Doston Ergashev ijtimoiy tarmoqlarda quvonchli yangilik bilan bo‘lishdi. San’atkorning ma’lum qilishicha, ukasi Jamshid unga avtomobil sovg‘a qilgan.
Xonanda yangi mashinasi bilan tushgan videoni sahifasida joylab, muxlislariga ushbu yangilikni yetkazdi. U videoda yangi avtomobilida ekanini aytib, bunday sovg‘a uchun ukasiga minnatdorligini bildirdi.
Doston Ergashevning so‘zlariga ko‘ra, ukasi uning administratori ham hisoblanadi. San’atkor ukasining e’tibori va qo‘llab-quvvatlashi uni juda xursand qilganini ta’kidladi.
“Assalomu alaykum, aziz yurtdoshlar. Mana, yangi mashinadaman. Administratorim, ya’ni o‘zimning ukam Jamshid menga mashina sovg‘a qildi. Tabriklasangiz bo‘ladi. Juda ham xursandman. Baxtimga sog‘ bo‘lsin, seni xafa qilgan bo‘lsam uzr so‘rayman, oqibatimizga ko‘z tegmasin”, — dedi xonanda.
Xonandaning ushbu videosi muxlislar tomonidan iliq kutib olinib, ko‘plab tabrik va yaxshi tilaklarga sabab bo‘ldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!