Janubiy Afrikada pastor izdoshlarini yel chiqarish orqali "davolayotgani" bilan shov-shuvga sabab bo‘ldi

Dunyo1 daqiqa o'qish1
Janubiy Afrikada pastor izdoshlarini yel chiqarish orqali "davolayotgani" bilan shov-shuvga sabab bo‘ldi

Janubiy Afrikada o‘z izdoshlariga g‘ayrioddiy usul orqali shifo berishini da’vo qilayotgan pastor ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Uning diniy marosimlarda qo‘llaydigan noodatiy amaliyoti aks etgan suratlar internetda tarqalib, foydalanuvchilar orasida hayrat va kulgiga sabab bo‘lmoqda.

Gap Limpopo provinsiyasining Giyani hududidagi Siyandini qishlog‘ida joylashgan «SevenFold Holy Spirit Ministries» («Yetti karra Muqaddas Ruh xizmatlari») diniy guruhi rahbari Krist Penelope haqida bormoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, pastor izdoshlarini «davolash» va ularga «baraka berish» uchun odamlarning ustiga yel chiqarish, ya’ni gaz qo‘yib yuborish usulidan foydalanadi. U mazkur amaliyot orqali insonlarga ruhiy shifo va baraka ulashishini da’vo qilmoqda.

Ushbu marosimlardan olingan suratlarning ijtimoiy tarmoqlarda tarqalishi ortidan ko‘plab foydalanuvchilar o‘z munosabatini bildirdi. Ayrimlar bunday usulni kulgili va ishonib bo‘lmaydigan holat sifatida baholagan bo‘lsa, boshqalar diniy e’tiqod nomidan amalga oshirilayotgan bunday amaliyotlarni tanqid qilmoqda.

Mazkur voqea Janubiy Afrikada diniy yetakchilar faoliyati va ayrim shaxslarning shifo berish haqidagi da’volari yuzasidan bahslarni yana kun tartibiga olib chiqdi. Xususan, o‘zini pastor yoki payg‘ambar deb tanishtiruvchi ayrim shaxslarning izdoshlariga nisbatan noodatiy, ba’zan esa inson qadr-qimmatiga zid deb baholanadigan marosimlarni o‘tkazishi avval ham tanqidlarga sabab bo‘lgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?