Meksikalik deputat gubernatorning libosiga kukun sepganlikda ayblandi (video)

Meksikada deputat Yolotsin Dominges Serna va Gerrero shtati gubernatori Evelin Salgado Pineda ishtirokidagi video ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi. Unda deputat gubernator bilan quchoqlashib ko‘rishayotgan paytda uning libosiga qandaydir kukunga o‘xshash modda tushayotgani aks etgan. Bu haqda "Uno TV" xabar berdi.
Videoda ikki siyosatchi salomlashib, quchoqlashayotganini ko‘rish mumkin. Shu paytda Dominges qo‘llaridan biri bilan gubernatorning kiyimi yaqinida harakat qiladi va oqish rangdagi kukunga o‘xshash modda uning libosiga tushadi. Ushbu holat aks etgan lavha foydalanuvchilar orasida turli savollar va bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi.
Meksika nashrlarining yozishicha, voqea 2026 yil 15 sentyabr kuni Gerrero shtatidagi Chilpansingo shahrida Meksika Mustaqilligi bayrami munosabati bilan o‘tkazilgan tadbir vaqtida yuz bergan. Video esa oradan ikki oydan ko‘proq vaqt o‘tib, 24 noyabr kuni keng tarqala boshlagan.
Holat yuzasidan deputat Yolotsin Dominges o‘z munosabatini bildirib, o‘ziga nisbatan bildirilgan ayblovni qat’iyan rad etgan. U gubernator Evelin Salgadoga hurmat bilan munosabatda ekanini ta’kidlab, tarqalgan video sun’iy intellekt yordamida yaratilgan bo‘lishi mumkinligiga ham ishora qilgan.
Hozircha videoda ko‘ringan moddaning aynan nima ekani va deputatning qo‘l harakati qanday maqsadda amalga oshirilgani aniqlanmagan. Shuningdek, lavhaning sun’iy intellekt yordamida yaratilgani yoki o‘zgartirilganini tasdiqlovchi dalillar ham ochiq manbalarda keltirilmagan.
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar
































Izohlar0
…