Feruza Normatova yashagan uyini singlisiga sovg'a qilib yubordi!

Aktrisa Feruza Normatova shaxsiy hayotiga oid samimiy voqea bilan muxlislari e’tiborini tortdi. U turmushga chiqishidan avval yashab kelgan kvartirasini singlisiga sovg‘a qilganini ma’lum qildi.
Xonanda bu haqida o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida yozib, yosh oilani qo‘llab-quvvatlash niyatida shunday qarorga kelganini bildirib o‘tdi. Uning aytishicha, singlisi turmush qurgan bo‘lsa-da, hali yosh oila sifatida o‘z uyiga ega bo‘lish uchun harakat qilayotgan edi.
“Singlim turmushga chiqqan, ammo ular hali yosh oila. Kuyovimizning To‘ytepa tomonida uylari bor, lekin ular Toshkentdan uy olish uchun mehnat qilib yurishgandi. Yunusoboddagi uyim esa anchadan beri bo‘sh edi. Robbim menga omonat qilib bergan bu mulkni yosh oilaga ravo ko‘rdik. Muborak bo‘lsin”, — deb yozdi aktrisa.
Mazkur xabar ijtimoiy tarmoqlarda iliq kutib olindi. Muxlislar xonandaning bu ishini e’tirof etib, izohlarda unga havas va minnatdorlik bildiruvchi fikrlar qoldirishmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!