Madaniyat vazirligi san'atkorlarni soliqqa tortish bo'yicha yengillik so'radi

2026 yildan boshlab, konsert va tomoshalar xizmatlari “bir xizmat — bir to‘lov” tamoyili asosida ro‘yxatdan o‘tkazilishi taklif qilinmoqda.
Loyiha bilan bog‘liq ayrim yengilliklar kiritish bo‘yicha turli takliflar bildirildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda san’atkorlar va boshlovchilarning xizmatlarini “Soliq” ilovasi orqali majburiy ro‘yxatdan o‘tkazish qarori yuzasidan muhokamalar keng tarqaldi. Ushbu masala bo‘yicha Madaniyat vazirligi rasmiy bayonot berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, loyiha Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilib, O‘zbekkonsert bilan birga ko‘rib chiqilgan. Vazirlik ayrim bandlar bo‘yicha rasmiy e’tiroz va takliflar kiritgan bo‘lsa-da, hujjat jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan.
Ayni vaqtda, san’atkorlar allaqachon ijtimoiy soliq va yillik daromad solig‘ini to‘lab kelayotgani ta’kidlangan. Vazirlik yangi loyiha doirasida soliq miqdorlarini toifalar bo‘yicha adolatli ravishda belgilash, jarayonlarni soddalashtirish va soha vakillari uchun maqbul sharoitlarni yaratishga qaratilgan fikrlarni qo‘llab-quvvatlamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!