date

Madaniyat sohasida ahvol yig‘laydigan darajada edi — Nazarbekov ochiq gapirdi

Madaniyat sohasida ahvol yig‘laydigan darajada edi — Nazarbekov ochiq gapirdi

Bugun, 29 may kuni Madaniyat vazirligi binosida Prezident farmoni bilan taqdirlangan bir guruh san’atkorlarga davlat mukofotlari topshirildi.

Unda Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov ham ishtirok etib, ijodkorlarni mukofotlar bilan qutladi hamda sohaga qaratilayotgan e’tibor haqida so‘z yuritdi.

“Bu soha maqsadli ravishda mayib qilinganga o‘xshaydi. Yillar davomida qavat-qavat bo‘lib yig‘ilgan muammolar bugun asta-sekin barham topyapti. Ancha yillardan beri ishlab kelayotgan insonlar: ‘Menga hech kim e’tibor bermaydi, shu oyligimni olsam bo‘ldi, pensiyaga chiqsam bo‘ldi’, deya butun tizim tushkunlikka tushib qolgan edi.

Shuning uchun bugungi e’tibor va e’tiroflar — ana o‘sha yo‘qotilgan obro‘ni tiklash, boy berilgan mavqeni jamiyatga qaytarish va haqiqiy ijodkorlarni yana maydonga olib chiqishdir. Bir so‘z bilan aytganda, muhtaram yurtboshimizning o‘zlari: ‘Tez harakat qilinglar, hayit bayrami-ku, xursand bo‘lishsin bu soha vakillari, Mustaqillik bayramida yana e’tirof qilamiz’, deganlari bugungi muammolarni to‘g‘ri tahlil qilgan holda, iste’dodli san’atkorlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qaror deb hisoblayman”, — dedi Nazarbekov o‘z intervyusida.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Madaniyat sohasida ahvol yig‘laydigan darajada edi — Nazarbekov ochiq gapirdi