date

“Meni uzr so‘raydi deb o‘ylasangiz, jiddiy yanglishyapsiz”. Yulduz Usmonova AQSHdagi yahudiylarga munosabat bildirdi

“Meni uzr so‘raydi deb o‘ylasangiz, jiddiy yanglishyapsiz”. Yulduz Usmonova AQSHdagi yahudiylarga munosabat bildirdi

O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova AQSHda o‘tkazilishi rejalashtirilgan konserti atrofida yuzaga kelgan bahslarga munosabat bildirdi. Xonanda o‘zining Instagram sahifasi orqali videomurojaat qoldirib, hech qanday uzr so‘ramasligini qat’iy ta’kidladi.

Ma’lumki, Yulduz Usmonova 2026 yil 9 may kuni Brayton Bich hududida konsert dasturini taqdim etishni rejalashtirgan edi. Biroq so‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda AQSHdagi yahudiy jamoasi vakillari tomonidan mazkur konsertni bekor qilish talabi bilan chiqishlar kuzatilmoqda. Bunga sabab sifatida xonandaning bir necha yil avval Isroil—Falastin mojarosi bo‘yicha bildirgan qarashlari keltirilmoqda. Xususan, 2021 yilda u bir necha bor videomurojaat bilan chiqib, Falastin xalqini qo‘llab-quvvatlagan va ayrim tanqidlarga javob qaytargan edi.

Qayd etilishicha, Nyu-Yorkda ayrim amerikalik siyosatchilar ham bu masalada faollik ko‘rsatmoqda. Jumladan, Bryus Bleykman, Maykl Novaxov hamda Alek Bruk-Krasni mazkur kompaniyani qo‘llab-quvvatlayotgani aytilmoqda. Tashabbuskorlar xonandadan omma oldida aytilgan gaplariga izoh berish va kechirim so‘rashni talab qilmoqda.

Xonanda esa bu chaqiriqlarga javoban o‘z pozitsiyasini ochiq bildirdi:

“Agar meni kechirim so‘raydi deb o‘ylayotgan bo‘lsangiz, qattiq yanglishasiz. Agar yahudiylar meriyaga qarshi yig‘ilib, siyosiy jarayonlarga aralashayotgan bo‘lsa, bu ham biz uchun ma’lum ma’noda foyda. Ular qarshi bo‘lsa ham, bu menga obro‘ keltiradi”, deya ta’kidladi u.

Yulduz Usmonova o‘z qarashlarida sobit ekanini, har qanday zo‘ravonlikka qarshi ekanini ham alohida qayd etdi:

“Men o‘z fikrimda mustahkamman. Men zo‘ravonlikni qo‘llab-quvvatlamayman. Shu bilan birga, Falastin erkin bo‘lishi kerak — bu ularning zamini. Balki siz qadimiy millatdirsiz, ammo siz yangi davlat — Isroilsiz. Amerika esa Isroil emas. Shu bois o‘zingizni ustun deb hisoblamang”, dedi xonanda.

Shuningdek, u o‘z nutqida ayrim keskin fikrlarni ham ilgari surib, yahudiylar o‘z harakatlari orqali o‘z qiyofasini ko‘rsatayotganini ta’kidladi. Xonanda o‘z millati va diniga hurmat bilan yondashishini, san’at orqali insonlarga xizmat qilishni maqsad qilganini bildirdi.

“Biz o‘zini qadrlaydigan qadimiy xalqmiz va, Alhamdulillah, musulmonmiz. O‘z dinimiz va vatanimizni hurmat qilamiz. Qancha qarshi chiqmang, bu menga yanada mashhurlik olib keladi. Bugun bo‘lmasa, ertaga konsertlarda albatta uchrashamiz. Chiptalar esa har doim sotilib ketadi. Chunki menga berilgan iste’dod bilan insoniyat uchun kuylayman. Adolat, inshaalloh, qaror topadi”, deya so‘zini yakunladi u.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » “Meni uzr so‘raydi deb o‘ylasangiz, jiddiy yanglishyapsiz”. Yulduz Usmonova AQSHdagi yahudiylarga munosabat bildirdi