Nilufar Usmonova va Aziz Yuldashevdan “Anori dona” — muxlislar qalbini zabt etdi

1 daqiqa o'qish12.8K
Nilufar Usmonova va Aziz Yuldashevdan “Anori dona” — muxlislar qalbini zabt etdi

Xonandalar Nilufar Usmonova va Aziz Yuldashev 11 may kuni muxlislarini yana bir yangi ijodiy asar bilan quvontirishdi. San’atkorlar “Anori dona” nomli taronasini taqdim etib, uni keng jamoatchilik e’tiboriga havola qilishdi.

Mazkur qo‘shiq ikki qalb o‘rtasidagi samimiy, iliq va shirin tuyg‘ular haqida hikoya qiladi. Uning har bir so‘zi va ohangi sevgi va ehtiros bilan yo‘g‘rilgan bo‘lib, anor donalari kabi yorqin va jo‘shqin hissiyotlarni uyg‘otadi. Nilufar Usmonova va Aziz Yuldashev ijrosidagi duet bir-biriga hamohang ovozlar orqali tinglovchini muhabbat olamiga yetaklaydi.

Qo‘shiqning jo‘shqin musiqasi va ma’noli matni qalblarga yaqin bo‘lib, eng go‘zal xotiralarni jonlantiradi. “Anori dona” shunchaki tarona emas, balki ikki sevishgan qalbning dil izhori, ishonch va sadoqat ifodasidir.

Ushbu asar shoir Shaxboz Fayzullayev va bastakor Nodir Zoitov hamkorligida yaratilgan.

Muxlislar yangi qo‘shiqni iliq kutib olib, ijtimoiy tarmoqlarda ijobiy fikrlar bildirmoqda. Ular ijroning zamonaviy uslubi, ohangi va hissiyotlarga boyligini alohida ta’kidlab, san’atkorlarga ijodiy muvaffaqiyatlar tilashmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?