
Bugun, 28 aprel kuni o‘zbek san’atining uch taniqli vakili tavallud kunlarini nishonlamoqda. O‘zbekiston xalq artisti Zulayho Boyxonova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rashid Xoliqov va xonanda Kaniza bir kunda tug‘ilgan.
Instagram ijtimoiy tarmog‘ida mazkur uch san’atkorga atalgan tabriklar yozib qoldirilmoqda.

Kaniza muxlislari va yaqinlari uni qanday tabriklashgani aks etgan fotosuratlarni o‘z shaxsiy sahifasiga joylashtirdi va barcha tabriklaganlarga minnatdorchilik bildirdi deb yozadi Darakchi nashri.

Fursatdan foydalanib, Zulayho Boyxonova, Rashid Xoliqov va Kanizani bugungi tug‘ilgan kunlari bilan muborakbod etamiz!


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar