Osiyo chempionati: Atletlarimiz bir kunda 10 ta medal qo‘lga kiritishdi!

Osiyo chempionati: Atletlarimiz bir kunda 10 ta medal qo‘lga kiritishdi!
Qisqacha

Toshkentda o'tkazilayotgan og'ir atletika bo'yicha o'smirlar va yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida O'zbekiston terma jamoasi 10 avgust kuni 10 ta medal qo'lga kiritdi. Medallar tarkibidan 3 ta oltin, 6 ta kumush va 1 ta bronza o'rin oldi. Oltin medallarni Marjona Abdumutalova, Ziyoda Xudoyqulova va Munisa Boltayeva qo'lga kiritdi.

Toshkent shahrida o‘tkazilayotgan og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining navbatdagi kungi bahslari O‘zbekiston terma jamoasi uchun juda omadli va sermahsul kechdi. Mezbon sportchilarimiz 10 avgust kungi bellashuvlarda jami 10 ta medalni qo‘lga kiritishdi.

Musobaqada vakillarimiz yuqori mahorat ko‘rsatib, shohsupaning turli pog‘onalaridan o‘rin olishdi. Kun davomida mezbonlar hisobiga 3 ta oltin, 6 ta kumush va 1 ta bronza medali qo‘shildi.

Oltin medal egalari:

  • -57 kg (Yoshlar, dast ko‘tarish): Marjona Abdumutalova

  • -61 kg (Yoshlar, dast ko‘tarish): Ziyoda Xudoyqulova

  • -61 kg (O‘smirlar, siltab ko‘tarish): Munisa Boltayeva

Kumush medal egalari:

  • -57 kg (O‘smirlar, dast ko‘tarish): Zarina Abdullahakova

  • -57 kg (Yoshlar, siltab ko‘tarish): Marjona Abdumutalova

  • -57 kg (Yoshlar, ikkikurash): Marjona Abdumutalova

  • -61 kg (O‘smirlar, ikkikurash): Munisa Boltayeva

  • -61 kg (Yoshlar, siltab ko‘tarish): Ziyoda Xudoyqulova

  • -61 kg (Yoshlar, ikkikurash): Ziyoda Xudoyqulova

Bronza medal egasi:

  • -61 kg (O‘smirlar, dast ko‘tarish): Munisa Boltayeva

Fikringizni izohda qoldiring va maqolani tanishlaringizga Telegram yoki boshqa ijtimoiy tarmoqlar orqali ulashing.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar