Rayhon Ulasenova kelini Azizaxonga shirinlik yedirdi (video)

Rayhon Ulasenova kelini Azizaxonga shirinlik yedirdi (video)
Qisqacha

Rayhon Ulasenova 7 avgust kuni to'yi bo'lib o'tgan o'g'li Azizbek va kelini Azizaxonni xonadonda kutib olib, qaynona-kelin an'anasiga ko'ra unga shokolad yedirdi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda to'y yakunlangach, kelin-kuyovning xonadonga qaytgan paytidagi samimiy lahzalar aks etgan. Marosimni boshqargan Shahloxonim shirinlikni birgalikda yeyish mehr-oqibatni mustahkamlashini aytib, Azizaxonga shokoladning ta'mi bir umr og'zida qolishini tiladi.

Aktrisa Rayhon Ulasenovaning o‘g‘li Azizbek va kelini Azizaxonning 7 avgust kuni to‘yi bo‘lib o‘tdi. Hashamatli to‘ydan tarqalgan chiroyli lavhalar ijtimoiy tarmoqlarda ko‘pchilikning e’tiborini tortmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolardan birida to‘y yakunlanib, kelin-kuyov xonadonga qaytgan paytdagi samimiy lahzalar aks etgan. Ularni xonadonda Rayhon Ulasenovaning o‘zi kutib olgan.

Shu paytda xalqimiz orasida qadimdan saqlanib kelayotgan qaynona va kelin o‘rtasidagi shirinlik bilan bog‘liq an’analardan biri ham bajarilgan. Marosimni Shahloxonim boshqarib, Rayhon Ulasenovaga keliniga shokolad yedirishni taklif qilgan.

Shahloxonim qo‘liga shokolad olib, qaynona va kelin o‘rtasidagi mehr-oqibat yanada mustahkam bo‘lishi niyatida shirinlikni birgalikda yeyishlarini aytgan. Rayhon Ulasenova ham bu niyatni bajonidil qabul qilib, shokoladning bir uchini og‘ziga olib, ikkinchi uchini keliniga yedirgan.

Shundan so‘ng Shahloxonim kelin Azizaxonga qarata, “Qaynonangiz yedirgan ushbu shokoladning ta’mi og‘zingizda bir umr qolsin”, deya chiroyli tilak bildirgan.

Samimiyatga boy ushbu lahzalar ijtimoiy tarmoqlarda iliq kutib olinib, ko‘pchilik tomonidan kelin-kuyovga yaxshi tilaklar yo‘llangan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar