Muxlislar bejiz taqqoslamagan ekan: Merilin Monro va Sidni Suini o‘rtasidagi kutilmagan qarindoshlik aniqlandi

Muxlislar bejiz taqqoslamagan ekan: Merilin Monro va Sidni Suini o‘rtasidagi kutilmagan qarindoshlik aniqlandi

Gollivud yulduzlari Sidni Suini va Merilin Monroning tashqi o‘xshashligi muxlislar orasida ko‘p muhokama qilingan. Endi esa “MyHeritage” genealogik platformasi tadqiqotiga ko‘ra, aktrisalar nasl-nasabi orqali ham bog‘liq ekani ma’lum bo‘ldi. Ular to‘qqizinchi avlod amakivachchalar hisoblanadi.

Tadqiqotchilar ularning umumiy ajdodi 1625–1689 yillarda Massachusetsda yashagan Ezra Perri ekanini aniqlagan. Qarindoshlik aloqasi Sidni Suinining otasi Stiven Suini va Merilin Monroning biologik otasi Charlz Stenli Gifford orqali bog‘lanadi.

Platforma tadqiqotlar bo‘limi direktori Roy Mandelning aytishicha, bu aloqani aniqlash uchun mutaxassislar bir necha oy davomida izlanib, aholi ro‘yxatlari, tug‘ilganlik va nikoh guvohnomalari hamda cherkov arxivlaridagi yuzlab hujjatlarni o‘rgangan.

Ikki aktrisaning o‘xshash jihatlari ham bor. Har ikkisi tabiatan jigarrang sochli bo‘lgan, ammo sarg‘ish sochlari bilan mashhur bo‘lishgan. Ular kino olamida ijro etgan dramatik rollari bilan ham tanilgan.

Merilin Monro 1956 yilda turmush qurishidan oldin yahudiylikni qabul qilgan. Sidni Suinining ham bu dinga qiziqishi haqida xabarlar tarqalgan, biroq uning dinni qabul qilishi haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan.

Shu tariqa, tashqi ko‘rinishi bilan taqqoslab kelingan ikki aktrisa o‘rtasida tarixiy qarindoshlik aloqasi borligi haqidagi tadqiqot natijalari e’lon qilindi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar