
AQShda taniqli sovet aktyori Oleg Vidov vafot etdi. Bugun, 16 may kuni Kaliforniya shtatining Uestleyk Villij shahrida onkologik kasallikning asoratidan keyin aktyorning joni uzildi. Bu haqda uning turmush o‘rtog‘i xabar berdi, deb yozadi Qalampir.uz.
Oleg 1943 yilning 11 iyunida Moskva viloyatining Vidnoe shahrida dunyoga kelgan bo‘lib, sobiq ittifoq, Rossiya va Amerika filmlarida aktyor hamda rejissyorlik vazifalarini bajargan.
Sobiq SSSR mamlakatlaridagi rollari bilan teletomoshabinlarga yaxshi tanish bo‘lgan marhum “Boshsiz chavandoz”, “Shoh Saltan haqida ertak”, “Omadli jentlmenlar”, “Bo‘ron”, “Oddiy mo‘’jiza” kartinalari, shuningdek, Gollivud yulduzi Arnold Shvarsenegger bilan “Qizil alanga” (“Krasnaya jara”) filmida birga suratga tushgan.
Ma’lumot uchun, Vidov 1983 yilda Yugoslaviyaga, u erdan 1985 yilda Avstriya hamda Italiya orqali AQSh ga boradi va Amerikada hayotining so‘nggi yillarini o‘tkazdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar