Faxriye Evchen 40 yoshda: aktrisaning yangi kadrlariga muxlislar izoh qoldirmoqda

Turkiyaning mashhur aktrisasi Faxriye Evchen 40 yoshga to‘ldi. U tug‘ilgan kunini yaqin do‘stlari davrasida nishonladi va marosimdan olingan kadrlar ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilindi.
Aktrisa odatda shaxsiy hayotini ko‘p namoyish qilmaydi. Shuning uchun uning tug‘ilgan kun lavhalari muxlislar orasida tez tarqaldi. Foydalanuvchilar Faxriye Evchenga tabriklar yozib, uning tashqi ko‘rinishi haqida ham fikr bildirishdi.
Tarmoqlarda aktrisaga nisbatan “yillar unga ta’sir qilmayapti”, “40 yoshga o‘xshamaydi” mazmunidagi izohlar qoldirilgan. Bu postlar uning muxlislari hanuz faol ekanini ko‘rsatdi.

Faxriye Evchen “Yaproq to‘kimi”, “Choliqushi” va “Alparslan: Buyuk Saljuqiy” seriallari orqali o‘zbek tomoshabinlariga ham yaxshi tanish. U ijodiy faoliyati bilan birga oilaviy hayotiga ham katta e’tibor qaratishi bilan ajralib turadi.































Izohlar 0
…