Shohruh Mirzo va Oyshaxonning tug‘ruqxonadan dabdabasiz chiqishi e’tirofga sazovor bo‘ldi (video)

Shohruh Mirzo va Oyshaxonning tug‘ruqxonadan dabdabasiz chiqishi e’tirofga sazovor bo‘ldi (video)

O‘zbekiston xalq artisti Muhammadali Abduqunduzov oilasida quvonchli voqea yuz berdi. San’atkorning katta nabirasi, aktyor Shohruh Mirzo Abduqunduzov va bloger Oyshaxon ilk bor ota-onalik baxtini his qildi.

Oyshaxon ushbu quvonchli lahzalarni o‘zining Instagram sahifasida muxlislari bilan bo‘lishdi. U tug‘ruqxonadan chaqalog‘i bilan uyga qaytgan jarayon aks etgan videoni e’lon qilib, unga "Ma Shaa Alloh" deya samimiy izoh qoldirdi.

Videodan ko‘rinishicha, yosh ota-onalar farzandini ortiqcha dabdaba va hashamatlarsiz, sodda, ixcham hamda fayzli tarzda uyiga olib kelishgan. Ayniqsa, chaqaloqni bobosi Muhammadali Abduqunduzov bag‘riga bosib, xonadonga olib kirgani tasvirlangan lahzalar ko‘pchilikning qalbidan joy oldi.

Yaqinlari yosh oilani ushbu quvonchli voqea bilan tabriklab, ezgu tilaklarini bildirishdi. Ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatuvchilar Shohruh Mirzo va Oyshaxonni ilk ota-onalik baxti bilan qutlab, farzandiga sog‘lik, oilasiga esa baxt va totuvlik tilashmoqda.

Ko‘pchilik aynan ularning dabdabasiz, samimiy va kamtarona tarzda chaqalog‘ini kutib olganini alohida e’tirof etib, bu holatni ijobiy baholamoqda.

Eslatib o‘tamiz, Oyshaxon joriy yilning 30 iyul kuni o‘g‘il farzandni dunyoga keltirgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar