Jahongir Otajonov qimmatbaho avtomobilini sotuvga qo‘ydi (video)

Xonanda Jahongir Otajonov ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali o‘ziga tegishli avtomobillardan birini sotuvga qo‘yayotganini ma’lum qildi. San’atkor ushbu mashina hozir deyarli foydalanilmayotgani sabab uni yangi egasiga topshirishga qaror qilganini aytdi.
Videomurojaatida xonanda avtomobilning 2021 yilda chiqarilgani va shu kungacha atigi 37 ming kilometr yo‘l bosganini ta’kidladi.
"Mana shu mashinam bekor yotibdi. Qiziqqanlar bo‘lsa sotaman. 2021 yilgi, 37 ming yurgan mashina. Bir paytlar bu avtomobilni 100 ming dollardan ham qimmatga olganman. Kimga kerak bo‘lsa yozinglar, kelishib berib yuboraman", — dedi Jahongir Otajonov.
Xonandaning ushbu e’loni qisqa vaqt ichida ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilina boshladi. Kuzatuvchilar avtomobilning narxi va holati haqida qiziqish bildirib, izohlarda turli fikrlarni yozib qoldirishmoqda.






























Izohlar 0
…