Jahongir Xo‘jayev Andijonda 3,5 metrlik pitsa tayyorlab rekord o‘rnatdi!

Andijonda bir nechta bizneslar egasi Jahongir Xo‘jayev va uning jamoasi tomonidan uzunligi 3,5 metr bo‘lgan katta pitsa tayyorlanib rekord o‘rnatildi. Ushbu ulkan taom "Sariq bola" nomi bilan ochilgan markazda pishirilgan bo'lib, jarayon boshlanishi bilanoq ko‘plab odamlar to‘plandi. Jamoa xamirni yoyishdan tortib mahsulotlarni joylashtirishgacha bo‘lgan barcha bosqichni birgalikda bajardi.
Andijonda uzunligi 3,5 metr bo‘lgan katta pitsa tayyorlandi. Ushbu tashabbus bir nechta bizneslar egasi Jahongir Xo‘jayev va uning jamoasi tomonidan amalga oshirilgan.
Pitsa "Sariq bola" nomi bilan ochilgan markazda pishirilgan. Jarayon boshlanishi bilanoq buni ko‘rish uchun ko‘plab odamlar to‘plangan. Katta hajmdagi pitsani tayyorlashda jamoa birgalikda ishlab, xamirni yoyishdan tortib, mahsulotlarni joylashtirishgacha bo‘lgan barcha bosqichni bajargan.
Ijtimoiy tarmoqqa joylangan videoda Jahongir Xo‘jayev bu natijani rekord sifatida baholab, "O‘zbekistonda birinchi marotaba" deb yozgan. Shuningdek, u andijonliklarni faollik ko‘rsatishga chaqirgan.
Tayyor pitsa atrofida odamlar suratga tushgan, video esa turli sahifalarda tarqalgan. Ko‘pchilik 3,5 metrlik pitsaning qanday pishirilganiga qiziqish bildirmoqda.































Izohlar 0
…