Abbosbek Fayzullayevning kuyov navkaridan videolar tarqaldi (video)

Bugun, 10 iyul kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Abbosbek Fayzullayevning nikoh to‘yi bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu quvonchli kunning lavhalari ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib, muxlislarning katta qiziqishiga sabab bo‘ldi.
Tarqalgan videolarda kuyov navkarining kelin uyi tomon yo‘l olgani, yo‘l davomida o‘yin-kulgu va xushkayfiyat hukm surgani aks etgan. Shuningdek, kuyov jo‘ralari an’anaga ko‘ra kuyov oshida ishtirok etib, samimiy suhbat va hazillar bilan to‘yga o‘zgacha fayz bag‘ishlagani ko‘rinadi.
Videolarning eng e’tiborli lahzalaridan biri esa O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanovning kuyov bola Abbosbek Fayzullayevning qo‘lidan osh yegani bo‘ldi. Bu kadrlar futbol muxlislari tomonidan iliq kutib olindi.
Shuningdek, videolarda uning bo‘lajak turmush o‘rtog‘i Nisobonuning birgalikdagi chiroyli videolavhalari ham aks etgan.
Izohlarda muxlislar va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari yoshlarni samimiy tabriklab, ularga uzoq umr, baxt-saodat va mustahkam oila tilashmoqda.






























Izohlar 0
…